Birlaşgan Millatlar Taşkiloti (BMT) va Xalqaro Qizil Xoç Qömitasi (XQXQ) Sudanning Al-Faşir şahridagi tinç aholi ahvolidan jiddiy taşviş bildirdi. Bu şahar 23 oktyabr kuni isyonçi guruh — Tezkor qöşinlar (RSF) tomonidan egallab olingan edi. BMTning Inson huquqlari böyiça Oliy komissari boşqarmasi (IHOKB) vakili Seyf Magango 31 oktyabr kuni Jyenevada ötkazilgan brifingda aytganidek, RSF şaharga kirgan paytdan beri «qon tökiş, sudsiz qatllar, ommaviy öldirişlar, zörlaşlar, gumanitar xodimlarga hujumlar, talon-toroj va öğirlaşlar» haqida «dahşatli xabarlar» kelmoqda.
Sudanning ğarbidagi Şimoliy Darfur viloyati ma’muriy markazi bölgan Al-Faşir bilan aloqa uzilgani sababli ma’lumotlarni oliş va tasdiqlaş qiyinlaşgan. IHOKB xodimlari Al-Faşirdan qoçib, qöşni Tavila şahrida panoh topganlar bilan suhbatlaşgan. «Biz xalqaro gumanitar huquq va inson huquqlarining qöpol buzilişlarini körsatuvçi hujjatli videoyozuvlar va boşqa tasvirlarni oldik», — dedi Magango Nayrobidan video-aloqa orqali. IHOKB bahosiga köra, Al-Faşirni RSF egallaşi davrida va undan söng halok bölganlar soni yuzlab kişiga yetişi mumkin.
BMT vakili, şuningdek, Saudiya şifoxonasi va boşqa tibbiy muassasalarga qilingan hujumlar, RSF jangçilari tomonidan jumladan ommaviy zörlaşlar kabi jinsiy zöravonlik holatlari haqida xabar berdi. Uning sözlariça, gumanitar taşkilotlar xodimlarini öldiriş holatlari ham hujjatlaştirilgan.
Bundan taşqari, Şimoliy Kordofandagi Bara şahri egallab olingani bilan boğliq jiddiy buzilişlar, jumladan Qizil Yarim Oyning beş köngilli xodimi sudsiz qatl etilgani haqida axborotlar kelmoqda. «Al-Faşir va uning atrofida, şuningdek Barada sodir etilgan bu sönggi oğir holatlar xalqaro huquq nuqtai nazaridan jinoyat sifatida baholanişi mumkin», — deb ta’kidladi Magango. U «aybdorlarni javobgarlikka tortiş uçun mustaqil, tezkor, oşkora va puxta tergov» ötkazişga çaqirdi.
26 oktyabr kuni Tezkor qöşinlar Al-Faşirni egallaganini ma’lum qilgan — bu şahar Darfurda hukumat qöşinlarining oxirgi tayanç nuqtasi edi. Sudanda RSF bilan muntazam armiya örtasidagi töqnaşuvlar 2023 yil 15 apreldan beri davom etmoqda.
Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) rahbari Tedros Gebreyyesus ma’lum qilişiça, Al-Faşirning boş şifoxonasi — Saudiya şifoxonasida 460 dan ortiq bemor va ularning hamrohlari öldirilgan. Ilgari JSST Sudanda tibbiy muassasalarga qilingan 185 ta hujumni qayd etgan edi, 2023 yil aprelidan boşlangan fuqarolik mojarosi davrida 1204 kişi halok bölgan, yana 416 kişi yaralangan.








