XQXQ va misrlik qidiruv guruhlariga Ğazoda “sariq çiziq” deb ataladigan — Isroil mudofaa armiyasi (TSAHAL) çekingan demarkatsiya çiziğidan nariroq hududda halok bölgan garovdagi şaxslar jasadini qidirişga ruxsat berildi. Bu haqda yakşanba, 26 oktabr kuni Reuters agentligi Isroil hukumati vakiliga tayanib xabar qildi.
Qizil Xoç Ğazoda isroillik harbiylar nazoratidagi hududda Falastin harakati — HAMASga jasadlarni qidirişda yordam bermoqda.
The Times of Israel naşri aniqlik kiritişiça, XQXQ işlari Ğazoning janubidagi Rafah atrofida amalga oşirilmoqda.
HAMAS jangçilari hozirça bir neçta jasadni topa olmayotganini aytmoqda — jami yana 13 nafar garovdagi şaxsning qoldiqlari topilib, topşirilişi kerak. Seşanba, 21 oktyabrdan buyon birorta ham jasad qaytarilmagan.
Isroil tomonining ta’kidlaşiça, guruh köproq jasadni topşirişi mumkin, ammo bundan boş tortmoqda, qolaversa, jasadlar joylaşuvi haqidagi ma’lumotni yaşirmoqda. Bu esa otaşkesim töğrisidagi kelişuvni bevosita buzişdir, deb yozadi The Times of Israel.
2023 yil 7 oktyabrda HAMASning Isroilga qilgan hujumi Yaqin Şarqdagi mojaroning keskinlaşuviga sabab böldi. Öşanda jangçilar Isroilga raketa zarbasini berib, uning hududiga kirib borgan va taxminan 1200 kişini öldirgan. Şuningdek, 250 kişini garovga olib, ularni Ğazo sektoriga olib ketgan. Keyinçalik garovdagilarning bir qismi almaştirilgan, ayrimlari halok bölgan.
Isroil bunga javoban HAMASga uruş e’lon qildi. Quruqlikdagi operatsiyalar va Ğazo sektoriga havo zarbalari davomida 68 mingdan ortiq falastinlik halok bölgani, yana 170 mingdan ziyod kişi yaralangani aytiladi — bu raqamlarni HAMASga böysunuvçi soğliqni saqlaş vazirligi keltirmoqda.
2025 yil 13 oktyabrda Şarm aş-Şayxda bölib ötgan xalqaro “tinçlik sammiti”da Ğazo sektorida otaşkesim töğrisida deklaratsiya imzolangan. Otaşkesim kuçga kirdi, TSAHAL yaqindagi harbiy harakatlar hududining taxminan yarmidan qöşinlarni çiqardi. Isroil qariyb 2 ming falastinlik mahbusni ozod qildi. HAMAS jangçilari esa oxirgi tirik garovdagilarni qaytardi, ammo hali ham ba’zi halok bölganlarning jasadlarini uşlab turibdi.
Otaşkesim şartlariga köra, HAMAS qurolsizlanişi va Ğazo sektorida hokimiyatdan ketişi lozim. Ammo jangçilar qurolni topşirmayapti va siyosiy raqiblarga nisbatan sudsiz qatllarni amalga oşirmoqda.








