Jamiyat | 22:04 / 05.10.2016
12242
1 daqiqa o‘qiladi

IShID Mosulda mushuk boqishni taqiqladi

Foto: Representational

IShID terrorchi guruhi rahbariyati Iroqning Mosul shahrida uyda mushuk boqishni taqiqlashga doir fatvo berganidan so‘ng jangarilar "to‘rt oyoqlilar"ga qarshi "urush" e'lon qilishdi. Bu haqida iraqinews.com nashri ma'lum qildi. 

Manbaga ko‘ra, IShID rahbariyati Mosul aholisini fatvoga bo‘ysunishga va uni buzmaslikka chaqirgan.  

Islom diniga ko‘ra, musulmonlarga uyda mushuk saqlashga ijozat berilgan, chunki Muhammad payg‘ambar (s.a.v.) ularni "toza jonivorlar", deb ataganlar. 


 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid