Toshkent shahridagi Inha universitetiga Jahon banki delegatsiyasi tashrif buyurdi
2016 yilning 4 oktabr kuni Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Jan-Piter Olters boshchiligidagi delegatsiya Toshkent shahridagi Inha universitetiga tashrif buyurdi. Bu haqda universitet matbuot xizmati xabar bermoqda.
Delegatsiya tarkibiga Jahon bankining boshqa vakillari ham kirishdi. Jahon banki vakillari O‘zbekistonda ish joylarini kengaytirish va yangi iqtisod jarayonlarda ko‘nikmalarni yaxshilash loyihasi doirasida maslahatlashuvlar o‘tkazish uchun O‘zbekistonga kelishdi.
Uchrashuv davomida IUT va Jahon banki vakillari oliy o‘quv yurtida mutaxassislar tayyorlash va o‘qishlarini bitirganlardan keyin ularni ish bilan taminlash masalalarini muhokama etdilar.
Uchrashuv davomida Jahon banki vakillari O‘zbekistondagi oliy ta'lim tizimi, IUTda o‘quv jarayoni va bitiruvchilarni ish bilan taminlash masalalariga oid savollariga javob oldilar.
Mavzuga oid
19:53 / 16.09.2024
O‘zbekiston AQSh bilan bojxona sohasidagi hamkorlikka oid bitimni imzoladi
20:49 / 02.09.2024
Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi respublika bilan aloqalarning rivojlanishi haqida gapirdi
20:37 / 31.07.2024
O‘zbekistonda YouTube’ga kirish sekinlashgani aytilgan xabarlar rad etildi
07:22 / 24.06.2024