Jamiyat | 22:55 / 07.10.2016
29780
2 daqiqa o‘qiladi

Tom Xenks insoniyat uchun eng xavfli bo‘lgan tahdidni aytdi

Amerika aktyori Tom Xenks insoniyat uchun eng xavfli bo‘lgan tahdidni aytdi, deb xabar berdi The Guardian nashri. «Oskar» mukofoti laureati fikriga ko‘ra, bu keng tarqalgan ijtimoiy va siyosiy savodsizlik hisoblanadi. Bu haqida Xenks Den Braun romani asosida tasvirga olingan «Inferno» filmining Florentsiyadagi taqdimotida aytib o‘tdi.

«Savodsizlik — bu eng xavfli bo‘lgan tahdidlardan biri, ya'ni qiyin masalalarni soddalashtirilgan chora-tadbirlar orqali hal etish g‘oyasi», — dedi aktyor. «Yaqin Sharqda nima sodir bo‘lganligini, o‘ylab ko‘ring. Yoki, biz amerikaliklar har to‘rt yilda qabul qiladigan qarorlarimizni», — deb davom ettirdi Xenks.

Xenks saylovchilarni o‘zi ustida ishlab, «Inferno» filmidagi kabi voqealarning oldini olish kerakligiga chaqirdi. Bundan tashqari, ko‘pgina muammolar, shuningdek, «jirkanch» ekologiya va qullik insonlarning o‘zi tomonidan yaratilgan, deb ta'kidladi aktyor. 
 

Mavzuga oid