Texnologiya | 00:24 / 08.10.2016
30870
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada dunyodagi eng arzon avtomobil sotila boshlandi

Foto: drom.ru

Rossiyada dunyodagi eng arzon avtomobil – Hindistonda ishlab chiqarilgan Bajaj Qute avtomobili savdosi boshlandi. Uning narxi bor-yo‘g‘i 2 ming dollarni tashkil qiladi. Avtomobilni ishlab chiqaruvchi Bajaj kompaniyasi avtomobilni kvadrosikllar sinfiga kiritadi.

Bajaj Qute kapoti ostida mototsikllarga mo‘ljallangan bir silindrli benzinda ishlovchi, ishchi hajmi 217 kub santimetr, 13 ot kuchiga ega dvigatel o‘rnatilgan. 
Dvigatel mashinani soatiga 70 km/soat tezlik bilan yurdira oladi. 
Avtomobil Euro NCAP krash-sinovidan o‘ta olmagan va bor-yo‘g‘i 10 ball yiqqan. Sinovda manekenning boshi va ko‘kragi zarbadan keyin qizil hududda bo‘lgan, bu esa mashina salonida bo‘lgan odamning jiddiy yo‘l-transport hodisasida omon qolishiga deyarli imkon yo‘q deganini anglatadi.

Rossiyada mashinaning bazaviy versiyasi 330 ming rubldan, qo‘shimcha optsiyalarga ega versiyasi 360 ming rubldan taklif qilinmoqda.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid