Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sergey Lavrov Vashingtonni Rossiyaga tahdid qilishda aybladi
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Birinchi kanalga bergan intervyusida Moskva uzoq vaqt Vashingtonning harakatlariga nisbatan "sabr-toqat" qilgani, biroq ayni vaqtda ikki davlat munosabatlarida tub o‘zgarishlar yuz berganini aytdi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
U boshlovchining bu haqdagi tegishli savoliga "Bu meningcha, bor narsa", deb javob berdi. Uning aytishicha, Moskva uzoq vaqt, amerikaliklar aytadigandek, "strategik sabr-toqat" namoyon qilgan, chunki munosabatlar bir tomonlama ravishda amerikaliklar tomondan Ukrainadagi voqealargacha yomonlashishni boshlagan.
Lavrovning fikricha, AQShning Rossiyadan xafa bo‘lishining asl sababi Vashington tomondan uning barchadan qudratliligi oxirlayotganini anglayotganidadir.
"Bilasizmi, bu yerda qandaydir shaxsiy narsa bo‘lishi mumkin. Qandaydir arbob ichida Amerika nimanidir istalgandagidek qilmayotgani yoki buni qilmoqchi-yu, biroq uddasidan chiqalmayotgani hissi bo‘lishi mumkin. Bu barchadan qudratlilik hissining sekin-asta, biroq ketayotgani. Bu menga tushunarli". deb ta'kidlab o‘tdi vazir.
Lavrovning ta'kidlashicha, Vashington bilan munosabatlar shunchalik o‘zgarganki, bu Rossiya xavfsizligiga tahdid qilmoqda.
"Biz hozirda AQShning Rossiyaga nisbatan siyosati asosida yotgan tajovuzkor rusofobiya borasida vaziyat tubdan o‘zgargani qayd qildik. Gap shunchaki rusofobiya haqida emas, balki bizning manfaatlarga putur yetkazuvchi, bizning xavfsizligimizni tahdid ostiga qo‘yuvchi tajovuzkor qadamlar haqida ketmoqda", deb aytdi Lavrov.
Lavrov, hususan, NATO va uning ittifoqdoshlari kuchlarining Rossiya chegaralariga yaqinlashayotganini qayd qilib o‘tdi. "Albatta, sanksiyalar bu nodo‘stona, adovatli harakatlarni aks ettiradi", deb qo‘shimcha qildi Lavrov.
Mavzuga oid
11:18 / 14.06.2026
Sun’iy intellekt endi shunchaki texnologiya emas, u strategik qurol
00:49 / 14.06.2026
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
11:20 / 13.06.2026
Jeep bir milliondan ortiq avtomobilni qaytarib olmoqda
10:15 / 13.06.2026