Texnologiya | 21:28 / 10.10.2016
4284
1 daqiqa o‘qiladi

Facebook kompaniyasi korporativ messenjerini ishga tushiradi

Foto: gagadget.com

Facebook kompaniyasi o‘zining korporativ Facebook at Work messenjerini rasman ishga tushirishni maqsad qilgan, deb yozadi The Wall Street Journal.

Mazkur yangi messenjerdan bitta kompaniya vakillari foydalanishi mumkin.

Facebook yangi dasturni qariyb ikki yil sinovdan o‘tkazdi va ishlab chiqarish, jumladan, dasturdan foydalanish uchun har bir xodimga qancha miqdorda pul ketishi haqida ko‘proq ma'lumot berish niyatida. 

Nashrning qayd etishicha, Facebook – bu sohada «yangilik» bo‘lishiga qaramay, yangi messenjer korporativ muloqotdagi an'anaviy dasturlar uchun jiddiy tahdid bo‘lishi mumkin.  Sababi, ko‘plab ishchilar allaqachon mashhur ijtimoiy tarmoqning veb-sayti va uning mobil ilovasidan foydalanadi.

2015 yil yanvar oyidan  Facebook at Work loyihasi testdan o‘tkazilganida uni yuzlab kompaniyalar, jumladan,  Shotlandiya qirollik banki sinovdan o‘tkazgan edi.

Феруза Авазова
Tayyorlagan Феруза Авазова
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid