Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda 114 yoshli ayol 71 yoshli erkakka turmushga chiqdi
Xitoyda 114 yoshli ayol 71 yashar erkakning nikoh marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda 10 oktabr kuni Sina portali xabar bermoqda.
Marosim Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur muxtor tumanidagi Qashg‘ar okrugida joylashgan Bachu uyezdida o‘tkazildi.
Kuyovning aytishicha, u o‘z sevgilisiga yetishish uchun bir yildan ko‘p harakat qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ular qariyalar uyida tanishishgan. Erkakning aytishicha, unga bo‘lajak rafiqasining mazali taomlar tayyorlashi yoqqan. Keyinroq esa, ayolga “yaxshi inson sifatida yoqishini” tushungan.
Portalning xabar berishicha, ayol erkakni bir necha bor rad etgan, ammo unga g‘amxo‘rlik qilishda bardavom bo‘lgan. Yakunda u to‘yga rozilik bildirgan va ular nikohlarini rasmiylashtirishgan.
Mavzuga oid
08:19 / 28.04.2026
O‘zbekistonda har ming oiladan 175 tasi ajrashadi – tadqiqot
22:37 / 02.02.2026
Xitoy ketma-ket 16 yildan buyon dunyodagi eng yirik kemasoz davlat maqomini saqlab turibdi
20:40 / 02.02.2026
Xitoyda Birma mafiyasining yana to‘rt a’zosi qatl etildi
23:40 / 30.01.2026