Jahon | 11:43 / 10.10.2016
7624
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp AQSh va Rossiya yadro dasturlarini qo‘llab-quvvatladi

AQSh yadro dasturi Rossiyanikidan ortda qolmoqda. Qo‘shma Shtatlar prezidentligi uchun Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp demokratlar vakili Hillari Klinton bilan o‘tkazgan telebahsda shunday fikrni ilgari surgan. 

«Bizning yadro dasturimiz ancha ortda qolmoqda, ularning dasturi esa gullab-yashnayapti. Bizning hukumatimiz bunga imkon bermasligi kerak edi», — degan Tramp.

Uning qayd etishicha, Qo‘shma Shtatlar yadro quroli borasida «eskirgan va yaroqsizdir».

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid