Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 08:18 / 10.10.2016
11272
1 daqiqa o‘qiladi
Tramp saylovda yutadigan bo‘lsa Xillari Klintonni qamoqqa tiqishga va'da berdi
Foto: REUTERS
AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Xillari Klinton saylovlarda yutqazsa, qamoqqa o‘tirishi mumkin. Bu haqda uning saylovlar bo‘yicha raqibi Donald Tramp Sent-Luisdagi Vashington universitetidagi debatlarda aytib o‘tdi.
"Sen qamoqqa o‘tirasan", deb tahdid qildi milliarder Klintonga.
Tramp AQSh prezidenti bo‘lsa, Klintonga qarshi u davlat kotibi bo‘lgan vaqtdagi qoidabuzarliklarini tekshirish bo‘yicha tergov boshlashga izn berishini aytdi.
AQShda 9 oktabrda ikki nomzod o‘rtasidagi navbatdagi teledebatlar bo‘lib o‘tdi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish