Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Marsda hayot uchun joy borligi aniqlandi
Foto: NASA
Marsning shimoliy yarim sharidagi Deuteronilus Mensae hududi insonlarning birinchi ekspeditsiyasi uchun mos keluvchi joy bo‘lishi mumkin. Sababi, u yerda katta miqdorda suv muzliklari mavjud. Tadqiqotchilar ishonib aytishicha, aynan shu hududda o‘zga sayyoraliklar hayotini kashf etish mumkin. Bu haqda xabar qilmoqda.
Olimlar tomonidan aniqlangan mintaqaning radiusi 100 kilometrga yaqin bo‘lib, u Utopiya va Xris tekisliklari orasida joylashgan. Hududning aniq koordinatalari — 39,1 daraja shimoliy kenglik va 23,1 daraja sharqiy uzunlik.
Dunyoning yetakchi fazoviy agentliklari avvalari juda ko‘p marotaba Marsga ekspeditsiya jo‘natish rejasi haqida ma'lum qilishgan. Jumladan, NASA astronavtlarni mazkur sayyoraga 2030 yillardan joylashtirishni rejalashtirgan. Amerikaning xususiy SpaceX kompaniyasi Marsga o‘z missiyasini 2024 yilda yuborish niyatida.
29 sentabr kuni AQShlik tadqiqotchilar Journal of Geophysical Research: Planets nashrida Mars platosi Tavmasiyani tirik organizm uchun eng munosib joy deb atashdi.
Mavzuga oid
20:59 / 16.04.2026
Oq uy «olimlarning sirli o‘limi va g‘oyib bo‘lishi» haqidagi ma’lumotlarni tekshiradi
17:28 / 08.04.2026
Yer «botishi» va Quyosh tutilishi. NASA Oy orbitasidan olingan noyob kadrlarni namoyish etdi
23:12 / 06.04.2026
NASA Oyning orqa tomonini ko‘rsatdi
18:12 / 06.04.2026