Jahon | 15:47 / 11.10.2016
10767
1 daqiqa o‘qiladi

Pekin: AQShning Yevropadagi RQM tizimi Rossiya xavfsizligiga tahdiddir

Foto: vesti.az

XXR mudofaa vazirligi vakili general-mayor Tsay Tszyunning bayonot berishicha, AQSh Yevropada o‘zining raketalarga qarshi mudofaa tizimlarini joylashtirish chog‘ida uning Rossiyaga qarshi qaratilmagani borasida kafolat bermayapti. Va aslida u, Xitoy yuqori lavozimli harbiy mulozimining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya xavfsizligiga bevosita tahdiddir, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti» agentligi.

«AQSh, RQM tizimini Yevropada joylashtirish rejasini bosqichma-bosqich rivojlantirar ekan, bu tizimlarning Rossiyaga qarshi qaratilmaganiga oid huquqiy kafolat bergani yo‘q. Haqiqatdan ham bu tizimlar Rossiya xavfsizligiga bevosita rahna soladi», — degan Tsay Tszyun. 

Generalning qo‘shimcha qilishicha, Vashington «AQShning mintaqaviy va global miqyosdagi harbiy kuchlarini kuchaytirmoqda, mintaqadagi nomutanosiblikni keltirib chiqarayapti, mavjud qarama-qarshiliklarni keskinlashtirmoqda hamda xavfsizlik sohasidagi umumiy holatni murakkablashtirayapti».

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid