Jahon | 10:39 / 11.10.2016
5472
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya va Turkiya "Turk oqimi" loyihasi bo‘yicha hukumatlararo kelishuvni imzoladi

Foto: RIA

Rossiya va Turkiya "Turk oqimi" gaz quvurini qurish bo‘yicha hukumatlararo kelishuvni imzoladi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda

Kelishuvga ikki davlat rahbarlari Vladimir Putin va Rajab Toyib Erdo‘g‘an ko‘z o‘ngida Rossiya energetika vaziri Aleksandr Novak va Turkiya energetika va tabiiy zaxiralar vaziri Barat Albayrak imzo qo‘ydilar.

Putinning aytishicha, loyihani muhokama qilish davomida Moskva va Anqara Turkiyaga gazga chegirma berishga kelishib oldilar. Erdo‘g‘an o‘z navbatida "Turk oqimi" bo‘yicha ishlar tezlashtirilishini aytdi.

Avvalroq "Gazprom" rahbari Aleksey Miller ma'lum qilgandek, ushbu kelishuv Qora dengiz ostidan magistral gaz quvurining ikkita quvurini qurishni ko‘zda tutadi. Ularning har birining quvvati 15 mlrd kub metr gazdan oshadi.

Birinchi quvur orqali gaz faqatgina turkiyalik iste'molchilarga yetkaziladi, ikkinchi quvur esa Yevropa bozoriga mo‘ljallangan. Biroq ikkinchi quvurning qurilishi Yevropa Ittifoqining tegishli kafolatlari olingandan keyingina amalga oshiriladi.

Kelishuvga ko‘ra ikki quvur 2019 yil oxirigacha qurib bitkaziladi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid