Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp: Bu haqiqatdan ham Amerikami? Dahshat!
Foto: bbc.com
AQSh prezidentligiga nomzod respublikachi Donald Tramp mamlakatdagi bir qator OAV uning davlat rahbari etib saylanmasligi uchun fitna uyushtirgani to‘g‘risidagi ma'lumotga izoh berdi. Tramp o‘zining Twitter'dagi sahifasida FOX News telekanalining videotasvirini yuklab, "Bu haqiqatdan ham Amerikami? Dahshat!" - deya yozuv qoldirdi.
Videoda telekanal boshlovchisi Bill O'Rayli shunday deydi: "AQShda o‘z xodimlariga Trampni yo‘q qilishni buyurgan kamida 3 mediatashkilot bor".
"Agar siz Trampni qo‘llab-quvvatlasangiz, karerangizga nuqta qo‘yiladi", - deya qo‘shimcha qildi O'Rayli, lekin aniq OAV nomini tilga olmadi. FOX News telekanali asosan respublikachilar tarafdori hisoblanadi.
Donald Trampning OAV bilan munosabatlari oson kechmayapti. Respublikachilar nomzodi ularning aksariyatini o‘ziga nisbatan noxolis munosabatda ayblamoqda.
Dushanba kuni siyosatchi yana bir bor CNN telekanaliga hujum qilib, uning debatlar natijasiga doir so‘rovnomasini "ayanchli va adolatsiz", deb atadi. Telekanal Demokratlar nomzodi Hillari Klintonning g‘olib bo‘lganini ta'kidlagan. CNN telekanali ko‘proq Demokratik partiya va uning nomzodlarini qo‘llab-quvvatlaydi.
Mavzuga oid
15:09 / 22.11.2025
FT: AQSh Ukrainadan Tramp rejasini qabul qilishni qat’iy talab qildi
12:57 / 18.10.2025
Trampning sobiq maslahatchisi Jon Bolton sudda aybini tan olmadi
10:21 / 05.09.2025
Tramp Putin bilan bo‘lajak suhbati haqida ma’lum qildi
11:50 / 30.08.2025