O‘zbekiston gidroenergetika sohasi bo‘yicha OTB bilan hamkorlik qilmoqchi
O‘zbekiston gidroenergetika sohasini modernizatsiya qilish uchun Osiyo taraqqiyot banki mablag‘larini jalb qilishni rejalashtirayapti.
Bank ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston OTBning 215 mln dollarlik kreditini olish niyatida.
Loyiha doirasida 3ta mavjud gidrostansiyalarni modernizatsiya qilish hamda 3ta kichik GESlari barpo etiladi. Bu esa, O‘zbekistondagi qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishga ko‘mak beradi.
Yaqin orada tomonlar loyiha konsepsiyasini ishlab chiqishga kirishadi. OTB shu maqsadda yana 2,5 mln dollarlik texnik yordam ham ko‘rsatadi.
2015 yil noyabrida O‘zbekiston hukumati mamlakat gidroenergetika sohasini 2016-2020 yillarda rivojlantirish bo‘yicha 889,4 mln dollarlik dasturni tasdiqlagan edi.
Uning doirasida mamlakatda 9ta yangi GES qurilsa, 15ta mavjud stansiyalar modernizatsiya qilinadi, bu esa qo‘shimcha ravishda yiliga 5,25 mlrd. kVt.s elektr energiyasini olishga imkon beradi.
Mavzuga oid
09:30 / 20.09.2024
OTB O‘zbekistonda mikrokorxonalarni rivojlantirish uchun 300 mln dollar ajratadi
19:53 / 16.09.2024
O‘zbekiston AQSh bilan bojxona sohasidagi hamkorlikka oid bitimni imzoladi
20:49 / 02.09.2024
Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi respublika bilan aloqalarning rivojlanishi haqida gapirdi
07:22 / 28.08.2024