Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda falokatlarga qarshi kurash salohiyati kuchaytiriladi
O‘zbekistonda 2016 yil 11 oktabrdan falokatlarning oldini olish salohiyatini kuchaytirish bo‘yicha maxsus dastur amalga oshirila boshlandi.
Ushbu dastur Jahon banki va O‘zbekiston hukumatining qo‘shma loyihasi bo‘lib, Yaponiya va Jahon bankining rivojlanayotgan mamlakatlarda tabiiy ofat ehtimollariga oid boshqaruvni joriy qilish dasturi doirasida moliyalashtiriladi. Moliyalashtirish ishlarini bevosita Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va tiklash global fondi amalga oshiradi.
Jahon banki ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston hukumatiga Bank tomonidan respublikadagi tabiiy ofatlarga qarshi salohiyatni mustahkamlash Dasturi uchun texnik ko‘mak ko‘rsatiladi, deb yozmoqda uzdaily.uz sayti.
Mazkur loyiha O‘zbekistonning yaqin ikki yarim yilda tabiiy ofatlar ehtimollarini boshqarish sohasidagi salohiyatini oshirish, davlat inshootlari uchun seysmik xatarlarni baholash, inqiroz vaqtidagi boshqaruv tizimini mustahkamlash va tabiiy ofatlarning moliyaviy oqibatlarini baholash, moliyaviy xatar turlarini tushunishni yaxshilashga yordam beradi.
Dasturni hayotga tatbiq etish – O‘zbekiston hukumatining davlat inshootlari infratuzilmalariga seysmik xavflarni kamaytirishga qaratilgan muhim yo‘nalishlarini aniqlash va rejalashtirish bo‘yicha harakatlariga oid salohiyatini kuchaytirish, shuningdek, favqulodda holatlarga shay turish va favqulodda xizmatlarni takomillashtirishiga yordam beradi.
O‘zbekistonda barcha tabiiy ofatlar orasida zilzila jiddiy iqtisodiy talofatlar yetkazishi mumkin bo‘lgan xatardir. Mamlakat aholisining va iqtisodiy inshootlarning yarmi seysmik hududlarda joylashgan.
Jahon bankining yaqinda o‘tkazgan tadqiqotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida yiliga kamida 1mln kishi turli kuchdagi yer silkinishidan aziyat chekadi. Natijada mamlakat YaIMning o‘rtacha 3,2 foizini boy beradi. Xavfli tabiiy hodisalar, jumladan zilzila insonlar o‘limiga sabab bo‘lishi bilan O‘zbekistonning rivojlanish sohasidagi erishgan yutuqlariga ta'sir ko‘rsatadi.
Mavzuga oid
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
12:12 / 09.06.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
11:00 / 08.06.2026
Isroilda xavfsizlik vaziyati keskinlashishi mumkin - elchixona
09:01 / 04.06.2026