O‘zbekiston | 15:19 / 12.10.2016
16169
2 daqiqa o‘qiladi

13 oktabr kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 13 oktabr kuni poytaxtda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamolning tezligi ba'zi joylarda sekundiga 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10-12, kunduzi 13-15 daraja iliq bo‘ladi. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 5-10, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. Kechasi 10-15,  kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi. 

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Qashqadaryo  viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. Kechasi 8-13, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi. 

Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 11-16, kunduzi 19-24 daraja iliq bo‘ladi.     

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 8-13, kunduzi 18-23 daraja iliq bo‘ladi. 

Respublikamizning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi. Havo harorati kechasi  va  kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid