Jamiyat | 16:27 / 12.10.2016
18554
2 daqiqa o‘qiladi

Amerikalik o‘qituvchi nogiron o‘quvchi qizning sochidan yulib sudradi (video)

AQSh internet tarmoqlarida yangi video tarqaldi, unda o‘qituvchi ayol o‘quvchi qizning sochidan ushlab, bir necha metr sudraganini ko‘rish mumkin. Jabrlanuvchi -  rivojlanishda tengdoshlaridan orqada qolgan qiz. Bu haqida insideedition.com nashri xabar bergan. 

Missisipi shtatidagi maktabda o‘quvchilar nogiron qizga nisbatan shafqatsizlarcha munosabatda bo‘lgan o‘qituvchini tasvirga tushirishdi. Videoda jismoniy tarbiya darsida o‘qituvchi o‘quvchi qizni polga o‘tkazish uchun bir necha marotaba sochidan tortganini ko‘rish mumkin. Qiz o‘rnidan turmoqchi bo‘lganida ayol uni yana sochidan tortib, bir necha metrga sudraydi. 

Mazkur videoni Kisha Uilyams (voqea sodir bo‘lgan maktab o‘quvchilaridan birining onasi) ismli foydalanuvchi o‘zining feysbukida namoyish etgan. Uilyamsning so‘zlariga ko‘ra, o‘qituvchi shafqatsizlarcha munosabatda bo‘layotgan qiz nutq buzilishidan aziyat chekadi. 

"Bu videoni ko‘rib yig‘lab yubordim. Qizning boshqalardan ajralib turishining o‘ziyoq meni quyushqondan chiqarib yubordi", - dedi Kisha Uilyams. 

Uilyams qizidan nima uchun o‘qituvchisi bunday qilganligini so‘raganida, "u doim shunday qiladi, yomon ayol" degan javobni olgan.

O‘qituvchiga nisbatan qanday choralar ko‘rilishi - hozircha noma'lum, biroq maktab ma'muriyatining ma'lum qilishicha, politsiya mazkur ish yuzasidan tergovga kirishgan.


 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid