O‘zbekiston | 12:12 / 12.10.2016
18639
2 daqiqa o‘qiladi

YeXHT O‘zbekiston prezidentligi uchun saylovlardagi o‘zgarishlarni ma'qulladi

YeXHT Inson huquqlari va demokratik institutlar byurosi O‘zbekiston prezidentligi uchun to‘plash zarur bo‘lgan imzolar sonini umumiy saylovchilar sonining 5 foizidan 1 foiziga tushirilganini yuqori baholadi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston MSK matbuot xizmati. 

MSK ma'lumotlariga ko‘ra, YeXHT Inson huquqlari va demokratik institutlar  byurosi missiyasi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda, byuro ekspertlari saylov qonunchiligidagi o‘zgarishlarni yuqori baholashgan. Missiya mutaxassislari 11-14 oktabr kunlari Respublikadagi saylovoldi jarayonini o‘rganib, O‘zbekiston TIV, Oliy Sudi, Adliya vazirligi, parlament yuqori palatasi, markaziy OAV vakillari hamda boshqa idoralar rahbarlari bilan uchrashadi. Missiya o‘tkazilgan uchrashuvlar natijasiga ko‘ra, saylovlarda kuzatuvchi sifatida ishtirok etish yoki etmaslik, uning shakli, muddati va soni xususida qaror qabul qiladi. 

" YeXHT Inson huquqlari va demokratik institutlar byurosi talablarni baholash missiyasi ekspertlari MSKning okrug saylov komissiyalari uchun onlayn seminar-trening o‘tkazilayotgani borasida ijobiy fikrlarni izhor qilib, saylov komissiyalari a'zolarini hamda saylovchilarning o‘zini bo‘lg‘usi saylovlarga sifatli tayyorlash muhimligini ta'kidlashgan", — deya xabar qilgan MSK. 

Prezidentlik saylovlarida nomzodlarni qo‘llab-quvvatlash uchun imzo sonini kamaytirish to‘g‘risidagi tuzatishlar mamlakat parlamenti tomonidan tasdiqlanib, 2015 yil dekabrida kuchga kirgan edi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti uchun saylovlar 2016 yil 4 dekabrida bo‘lib o‘tadi.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid