Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IShID Kobuldagi masjidga hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi
Foto: REUTERS
IShID jangarilari Kobuldagi shia masjidiga uyushtirilgan hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, 12 oktabrda politsiya kiyimida bo‘lgan va qurollangan uch kishi imom Ali masjidiga kirib ibodat qilayotganlar o‘q uzgan. Bosqinchilardan biri portlovchi qurilmaga ega kamarini portlatgan.
Terakt oqibatida kamida 18 kishi, jumladan 4 ayol va 2 bola halok bo‘lgan, 50 dan ko‘proq kishi jarohatlangan. Hujum musulmonlar uchun muqaddas bayramlardan biri hisoblanuvchi Ashuro kuni nishonlanishi vaqtida sodir etilgan.
Mavzuga oid
22:28 / 25.12.2025
Qashqadaryoda tog‘ portlatildi - arz qilganlar qo‘rqitilib, holatga "ko‘nikish" tavsiya qilindi
14:25 / 24.12.2025
Moskvada portlash oqibatida ikki politsiyachi halok bo‘ldi
00:00 / 15.12.2025
Suriyada IShIDga qarshi operatsiya boshlandi
15:30 / 06.12.2025