Obama: Tramp AQSh prezidenti bo‘lish uchun yaramaydi
AQSh prezidenti Barak Obama AQSh Respublikachilar partiyasining nufuzli a'zolarini partiyadan AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Trampni qo‘llab-quvvatlashdan rasman bosh tortishga chaqirdi. Bu haqda gazeta.ru xabar bermoqda.
Obamaning aytishicha, Tramp AQShni xalqaro sahnada bildirish uchun yaramaydi.
"Na o‘z fe'l-atvoriga, na tayyogarchilik darajasi va bilimiga, na bu bilimlarni olish istagiga, na rostgo‘yligiga ko‘ra u prezident bo‘lishga yaramaydi", deb aytdi Obama.
Obama Xillari Klinton nomzodini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan namoyishdagi nutqida Trampni biror marta o‘z nomi bilan atamadi va bir necha bor "u mamlakat bosh qo‘mondoni bo‘lishga va dunyodagi eng buyuk demokratiyaning rahbari roliga yaramaydi" deb ta'kidlab o‘tgan.
Obama shuningdek milliarder bag‘rikenglik, huquqiy tartibotlariga amal qilish va o‘zaro hurmat kabi qadriyatlarni shubha ostiga qo‘yishini aytib o‘tdi.
"Bizning demokratiya bu tarzda ishlamaydi", deb o‘z so‘zlarini intiholadi Obama.
Mavzuga oid
09:59 / 07.11.2024
Sobiq prezident Obama Trampni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi
15:50 / 21.08.2024
«Bu kinoni oldin ham ko‘rganmiz». Obama Trampning ikkinchi muddati xavfidan ogohlantirdi
14:59 / 26.07.2024
Barak Obama saylovda Kamala Harrisni qo‘llashini ma’lum qildi
09:34 / 19.07.2024