Jahon | 20:33 / 12.10.2016
7367
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiya Gulen ekstraditsiyasi uchun AQShga 80 quti hujjatni topshirgan

Foto: © AP

Rasmiy Anqara Vashington ma'muriyatiga muxolifatdagi diniy arbob Fathulloh Gulen ekstraditsiyasini talab qilish doirasida katta miqdorda hujjatlarni topshirgan. Shunga qaramay, muzokaralarda sezilarli olg‘a siljish ko‘zga tashlanmayapti. Turkiya bosh vazirining bosh maslahatchisi Mehmet Akarjaning aytishicha, shu maqsadda 80 quti hujjat topshirilgan bo‘lsa-da, Gulen uchinchi mamlakatga chiqarib yuborilishi ehtimoli ham mavjud. 

"Gulen ekstraditsiyasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, muzokaralar davom etmoqda, biz Amerika tomoniga juda katta miqdorda hujjatlar, dalillarni taqdim etdik, bular 80 quti", — degan Akarja RIA Novosti agentligining Gulenni ekstraditsiya qilish bo‘yicha AQSh bilan muzokaralar borishi xususida bergan savoliga javob berar ekan. 

"Amerika o‘zini Gulenning davlat to‘ntarishiga aloqadorligi isbotlanmagandek tutmoqda. Ular sahna ko‘rinishida rol o‘ynayapti. Mening fikrimcha, ular uni taqdim etishmaydi, chunki agar ular Gulenni topshirsa, ko‘p narsa ayon bo‘ladi. Bu esa, AQShni qanoatlantirmaydi. Ehtimol, uni boshqa mamlakatga chiqarib yuborishar", — deb qo‘shimcha qilgan Akarja.


 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid