Jahon | 19:55 / 13.10.2016
20242
1 daqiqa o‘qiladi

Antoniu Guterrish BMTning yangi bosh kotibi etib tayinlandi

BMT Bosh assambleyasi 13 oktabrda Portugaliyaning sobiq bosh vaziri Antoniu Guterrishni 5 yillik muddatga BMT bosh kotibi etib tayinlash masalasini ko‘rib chiqdi va uning nomzodini ma'qulladi. Bu qaror Bosh Assambleya a'zolari tomonidan ovoz berish jarayonisiz qabul qilingan.

Gutterishning BMT Bosh kotibi sifatidagi faoliyati 2017 yilning 1 yanvaridan boshlanadi va 2021 yilning 31 dekabrigacha davom etadi.

Ilgariroq BMT Xavfsizlik Kengashi Guterrishning nomzodini qo‘llab-quvvatlagani ma'lum qilingan edi.

67 yoshli Guterrish 1995-2002 yillarda Portugaliya bosh vaziri bo‘lgan. 2005-2015 yillarda BMT qochoqlar masalalari bo‘yicha Oliy komissari bo‘lgan. 2016 yil aprelidan Portugaliya davlat maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritib keladi. 

BMT yangi bosh kotibi Antoniu Guterrish haqida nimalarni bilasiz?

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid