17 sentyabrda Nyu-Yorkda BMT Boş assambleyasining 74-sessiyasi oçiladi. Unda Nigeriyaning BMTdagi doimiy vakili Tijani Muhammad-Bande raislik qiladi.
E'tiborlisi, 2019 yil 4 iyunda ötgan 73-sessiyada Özbekiston vakili ilk bor Boş assambleyaning 74-sessiyasi raisi örinbosari lavozimiga tayinlangandi. Şu munosabat bilan Özbekiston vakili Boş assambleya raisiga 2020 yil sentyabrgaça uşbu organning faoliyatini boşqarişda kömak körsatadi.
Sessiyada muhokama qilinadigan mavzulardan biri Fors körfazidagi keskinlik va Saudiya Arabistonidagi neft obektlariga hujum qilinişi ortida Eron böladi. Bundan taşqari, Koreya yarimoroli muammosi, Suriya, Venesueladagi vaziyat va Isroilning siyosiy qadamlari böyiça ham muhokamalar olib borilişi mumkin.
Boş assambleya sessiyasida 100 dan köproq davlat yetakçilari va 80 ga yaqin boş vazir va taşqi işlar vazirlari, jumladan AQŞ, Ukraina, Eron, Turkiya, Fransiya, Eron, Liviya, Falastin, Polşa, Afğoniston, Iroq prezidentlari iştirok etadi.

















