BMT rahbariyati 7 ta davlatni Boş assambleyada ovoz beriş huquqidan mahrum etişga qaror qildi. Gap Venesuela, Livan, MAR, Gambiya, Lesoto, Yaman va Tonga haqida bormoqda. Bu haqda BMT matbuot kotibi Stefan Dyujarrik ma'lum qildi. 

Bunday qarorga uşbu davlatlarning xalqaro taşkilotga oxirgi 2 yil içida badal tölamayotgani sabab bölgan.

Komor orollari, San-Tome va Prinsipe hamda Somali badal böyiça qarzga ega bölsa-da, ularga sentyabrgaça taşkilot faoliyatida tölaqonli iştirok etişga ruxsat berilgan. 4 ta qarzdor davlat – Armaniston, Hindiston, Ukraina va Portugaliya yanvar boşida badalni tölab bergan. 

Avvalroq Dyujarrik BMTga a'zo 193 ta davlatdan 146 tasida qarz yöqligini ma'lum qilgan. 

Boş assambleyada davlatlarni ovoz beriş huquqidan mahrum qilişga ruxsat BMT nizomining 19-moddasida qayd qilingan. BMT boş kotibi Antoniu Guterriş 2019 yilni taşkilot uçun moliyaviy nuqtai nazardan eng qiyin yil deb atagan.

2019 yil oktyabrda BMTga badal tölaş böyiça eng köp qarzga ega davlat AQŞ ekani, uning qarzi 1 mlrd dollarga yaqinni taşkil etişi ma'lum qilingan. Boşqa qarzdorlar orasida Braziliya, Argentina, Meksika, Eron va Isroil bor.