Jahon | 08:56 / 13.10.2016
5236
1 daqiqa o‘qiladi

Julian Assanj so‘roq qilinadigan yangi sana ma'lum qilindi 

Foto: AP

WikiLeaks xalqaro tashkiloti asoschisi Julian Assanj 14 noyabrda Ekvadorning Londondagi elchixonasida so‘roq qilinadi. Assanj bu elchixonada siyosiy boshpana olgan. Bu haqda Ekvador bosh prokuraturasi ma'lum qildi

Prokuratura ma'lumotlariga ko‘ra, avval 17 oktabrga belgilangan so‘roq Assanjning  iltimosi bilan boshqa sanaga ko‘chirildi. 

2012 yil 19 iyunda Assanj Shvetsiyaga ekstraditsiya qilinishdan qochib qutulish uchun Ekvador elchixonasidan boshpana so‘ragan. Shvetsiyada u jinsiy xarakterdagi jinoyatlarni sodir etishda gumon qilinmoqda. WikiLeaks asoschisi bu ayblovlarni inkor qilmoqda va ularni siyosiy tomondan uyushtirilayotganini aytmoqda. U Shvetsiya uni AQShga topshirishidan xavfsiramoqda. AQShda esa avstraliyalikka AQSh davlat departamenti maxfiy hujjatlarini chop etganlik uchun 35 yillik qamoq yoki o‘lim jazosi berilishi mumkin. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid