O‘zbekiston | 16:48 / 14.10.2016
13304
2 daqiqa o‘qiladi

15 oktabr kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 15 oktabr kuni poytaxtda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 5-7, kunduzi 21-23 daraja iliq bo‘ladi. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kechasi 3-8, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 5-10, kunduzi 18-23 daraja iliq bo‘ladi. 

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Qashqadaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 5-10, kunduzi 18-23 daraja iliq bo‘ladi. 

Surxondaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 11-16, kunduzi 24-29 daraja issiq bo‘ladi.     

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 5-10, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi. 

Respublikamizning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 3 daraja sovuq -  2 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid