Jahon | 10:52 / 14.10.2016
5506
2 daqiqa o‘qiladi

Britaniya Suriyadagi harbiy harakatlar olib borish variantlarini o‘rganmoqda

Foto: Reuters

Buyuk Britaniya Suriyada harbiy harakatlar olib borish yo‘llarini o‘rganmoqda. Biroq, bunday jangovar amaliyotlar AQSh bilan koalitsiyada olib borilishi mumkin. Shu bilan birga, u yaqin orada o‘tkazilmasa kerak, deya bayonot bergan mamlakat tashqi ishlar vaziri Boris Jonson.

AQSh prezidenti Barak Obama va uning tashqi siyosiy maslahatchilari Suriya muammosiga barham berishning harbiy va boshqa usullarini o‘rganish maqsadida 14 oktabr kuni yig‘ilishi haqida amerikalik mulozimlar ma'lum qilishgan. 

Aytish joizki, Britaniya bosh vaziri Tereza Mey matbuot kotibi Suriyada britaniyalik harbiylarning ishtiroki borasida birmuncha ehtiyotkorroq bo‘lgan va Suriyada britaniyaliklarning ishtiroki borasida qaror yo‘qligi va qabul qilinmaganini aytgandi. 

Ammo, Jonsonning so‘zlari G‘arb davlatlarida Suriyadagi vaziyatning rivojlanishidan norozilik kayfiyatlari avj olayotganini ifodalaydi. 
Britaniya vaziri Rossiya va Suriya armiyasining Halabni bombardimon qilishini "varvar"lik deb atadi. 

"Aynan hozir biz amaliy usullar, harbiy usullarni o‘rganishimiz kerak", - degan Jonson mamlakat deputatlari bilan uchrashuvda. -Biroq, biz bu amalda qanday bo‘lishi va umuman uni amalga oshirish mumkinligi borasida real yondashishimiz kerak".

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid