Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyada eBay internet-do‘koni orqali go‘dakni sotib yubormoqchi bo‘lishdi
Germaniyada eBay internet-do‘koni orqali 5 ming yevroga go‘dakni sotmoqchi bo‘lishgani yuzasidan tergov boshlandi, deb xabar bermoqda The Local nashri.
Ma'lum qilinishicha, go‘dakni sotish haqidagi e'londa chaqaloqning surati va u haqda qisqacha ma'lumot keltirilgan bo‘lgan: "Bola 40 kunlik, ismi Mariya, sotilmoqda".
eBay ma'muriyati bu e'lonni ko‘plab e'tirozlardan keyin o‘chirib tashladi. E'lon saytda yarim soatcha turgan. Do‘kon vakillari "Bu hazil bo‘ladimi yoki yo‘qmi, bu ishni qilgan odam qilmishi uchun javob berishini istaymiz", deb aytishgan.
Politsiya tomonidan qo‘zg‘atilgan tergov davomida chaqaloqning ota-onasi Duysburg shahrida aniqlangan va qochqinlar bo‘lib chiqqan.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, bola tergov vaqtiga bolalar huquqlarini himoya qilish idoralari tomonidan olib ketilgan.
Mavzuga oid
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:40 / 09.06.2026
Yevropaning yangi avlod jangovar samolyoti loyihasi to‘xtatildi
11:20 / 08.06.2026
O‘zbekiston fuqarolarini Germaniya mehnat bozoriga jalb etish kengaytiriladi
08:40 / 06.06.2026