Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Wikileaks Klintonning "Xitoyni RQM bilan qurshab olish" tahdidini eslatdi
Wikileaks saytida e'lon qilingan hujjatlarga ko‘ra, AQSh prezidentligi uchun demokratlar nomzodi Hillari Klinton AQSh davlat kotibi bo‘lgan vaqtlarda Xitoyga tahdid qilgan. U rasmiy Pekin KXDR yadro dasturini to‘xtatishga erisholmasa, "Xitoyni raketalarga qarshi mudofaa tizimlari bilan qurshab olish" fikrini ilgari surgan.
14 oktabr kuni WikiLeaks sayti Hillari Klinton saylovoldi kampaniyasi rahbari Jon Podesta maxfiy xatlarining oltinchi qismini e'lon qildi. Uning birinchi qismi 8 oktabrda oshkor qilingan edi.
Assoshieyted Press agentligining yozishicha, maktublarda Klintonning norasmiy nutqlaridan iqtiboslar keltirilgan. Uning Xitoyga bag‘ishlangan qismida Klintonning davlat kotibasi bo‘lgan vaqtlarda Xitoy bilan o‘zaro manfaatlar to‘qnash kelgani haqida so‘z boradi.
"Biz Xitoyni RQM yordamida qurshovga olmoqchimiz. Biz mazkur mintaqada ko‘proq kemalarimizni joylashtiramiz. Qani, Xitoy boshla! Yo sizlar ularni nazorat qilasiz, yoki biz o‘zimiz himoyalanishga to‘g‘ri keladi", — deya Klintonning 2013 yildagi ma'ruzasini keltirgan axborot agentligi.
O‘shanda, Klinton xonim, agar KXDRning ballistik raketa sinovi muvaffaqiyat qozonsa, bu nafaqat AQShning Tinch okeanidagi ittifoqchilari xavfsizligiga rahna solishi, "aslida ular Havayi orollari va nazariy jihatdan g‘arbiy sohillarga ham yetishi mumkin"ligi haqida so‘z yuritgan edi.
2016 yil sentabrida Klinton, XXR rahbariyati Pxenyan ma'muriyatiga yadro qurolidan xoli bo‘lish borasida bosim o‘tkazmasa, uzoq sharq mintaqasida RQM tizimlarini ko‘paytirish bilan rasmiy Pekinga yana bir bor tahdid qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQShning ko‘plab bosim o‘tkazish vositalari bo‘lib, amerikaliklar ulardan Rossiya, XXR va KXDR norozi bo‘lishiga qaramay foydalanishda davom etadi.
Mavzuga oid
08:34
Eron bo‘yicha keskin burilish: AQSh zarbalarni bekor qildi
22:12 / 11.06.2026
AQSh Ukraina va Erondagi urushlar tufayli dunyodagi eng yirik neft eksportchisiga aylandi
21:17 / 11.06.2026
Tramp Eron neft va gaz bozorlarini «to‘liq Amerika nazorati ostiga» olishga va’da berdi
20:29 / 11.06.2026