Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Suriyada kimyoviy qurolni to‘liq yo‘q qilmoqchi
AQSh Suriya bo‘yicha yangi rezolyutsiya ishlab chiqqanini e'lon qildi. Unga muvofiq, rasmiy Damashq ma'muriyati ixtiyoridagi barcha xlor va boshqa zaharli sanoat kimyoviy mahsulotlarini yo‘q qilishi kerak. Foreign Policy jurnalida yozilishicha, navbatdagi hujjat oktabr oyi oxirida BMT qo‘shma mexanizmi va Kimyoviy qurolni taqiqlash tashkiloti (KQTT)ning Suriyadagi kimyo qurolidan foydalanish hollariga oid qo‘shma hisobotiga bag‘ishlangan.
Maqolada qayd etilishicha, AQSh ma'muriyati "Suriyaning kimyo qurolidan foydalanmasligi uchun choralar ko‘rmoqda" va ushbu rezolyutsiya loyihasini bevosita KQTTga taqdim etgan. Hujjat "Damashqni o‘zining xlor zaxirasi va boshqa zaharli sanoat kimyoviy mahsulotlarini to‘liq yo‘q qilish majburiyatini yuklaydi".
Vashingtonga ko‘ra, Arab respublikasi go‘yo "ulardan kimyoviy qurol tayyorlaydi". Shu bilan birga, Suriya QK ixtiyoridagi bochka bombalarini ham yo‘q qilish talab etiladi.
Biroq, bundan avval, Suriya hukumati rezolyutsiya qabul qilingach 30 kun muddat davomida, kimyoviy mahsulotlari joylashgan o‘rinlari va omborxonalari, ularning sonini ma'lum qilishi kerak. Bu talablar xlorli qurollarni tashiy oladigan bochka bombalariga ham birdek tegishli ekani aytilmoqda.
Rezolyutsiya Damashq va IShIDning kimyo qurolidan foydalanishini "qat'iy ravishda qoralaydi". Hujjat qabul qilinsa, Suriyaning KQTTdagi a'zoligini amalda to‘xtatib, suriyalik mulozimlarni xalqaro tashkilotdagi lavozimlaridan bo‘shatadi hamda suriyaliklarni uning Haagadagi bosh qarorgohida ishlashini taqiqlaydi. Shu bilan birga, Suriyaning tashkilot a'zoligi kuzatuvchi davlat maqomigacha tushiriladi.
Mavzuga oid
22:34 / 12.06.2026
Tulsi Gabbard AQSh biolaboratoriyalari haqidagi ma’lumotlarni oshkor qildi
20:26 / 12.06.2026
Trampning shov-shuvli smartfoni Xitoy telefonining to‘liq nusxasi bo‘lib chiqdi
20:03 / 12.06.2026
Eron AQSh bilan kelishuv doirasida tiklanish uchun 300 milliard dollar talab qildi
18:05 / 12.06.2026