Jamiyat | 08:31 / 15.10.2016
31471
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda bir yoshlik siam egizaklari muvaffaqiyatli ajratildi

Nyu-Yorkning Bronks klinikasi jarrohlari boshi bilan chatishib ketgan siam egizaklarini muvaffaqiyatli ajratishdi. Jarrohlik operatsiyasi 16 soat davom etgan, so‘ngra bosh chanoqlarining tiklanishi uchun yana 8 soat talab etilgan. Bu haqda xorij OAV ma'lum qilmoqda.    

Jyeydon va Enias ismli o‘g‘il egizaklar onasi Nikol Makdonald feysbukda operatsiya muvaffaqiyatli o‘tganini ma'lum qilgan. Jyeydon tiklanish bo‘limiga o‘tkazilgan, operatsiyasi 5 soat kechroq yakunlangan Enias hali ham shifokorlar nazoratida jonlantirish bo‘limida qolmoqda.

Bolalarning onasi farzandlarining tiklanishi og‘ir kechishi va uzoq davom etishi mumkinligidan xavotirlanmoqda. 

Operatsiyaga siam egizaklarini ajratish bo‘yicha katta tajribaga ega bo‘lgan jarroh Jyeyms Gudrix boshchilik qilgan. Bu egizaklar u ajratgan 7-siam egizaklari bo‘ldi.

Suratlar: Maqola qahramonining ijtimoiy tarmoqdagi shaxsiy sahifasi

Mavzuga oid