Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kerri Suriya bo‘yicha muzokaralarga gitara bilan keldi
Foto: EPA
AQSh davlat kotibi Jon Kerri Shveytsariyaning Lozanna shahridagi "Bo-Rivaj" mehmonxonasiga yetib keldi. Bu shaharda Suriya inqirozi bo‘yicha ko‘p tomonlama muzokaralar bo‘lib o‘tadi.
TASS agentligining xabar qilishicha, Kerri korteji mehmonxonaga yetib kelgach, uning yordamchilari mashina yukxonasidan rahbarlarining kostyumi va gitarasini xonaga olib chiqishgan. Davlat kotibi, aytish mumkinki, deyarli har doim xorijiy safarlariga musiqiy asbobi bilan birga boradi.
Davlat kotibi shu yilning mart oyida Moskvaga qilgan safarida, musiqiy guruh a'zosi bo‘lganini aytgan edi.
Kerrining so‘zlariga ko‘ra, u maktabda o‘quvchilik vaqtida, musiqa guruhi a'zosi bo‘lgan. YouTube saytida uning ishtirokidagi lavhalar saqlanib qolgani ehtimol.
Mavzuga oid
11:09 / 26.04.2026
Yaqin Sharqda yadroviy muvozanat | “Geosiyosat”
10:40 / 26.04.2026
Tramp qatnashayotgan tadbirda otishma: Oq uy a’zolari evakuatsiya qilindi
22:54 / 25.04.2026
Suriyaning yangi hukumati Rossiyani Xmeymim aviabazasidan chiqarib yubormoqchi
21:32 / 25.04.2026