Jamiyat | 12:59 / 15.10.2016
6015
2 daqiqa o‘qiladi

Norvegiya Finlyandiyaga tog‘ cho‘qqisini hadya qilmaydi

Foto: AP

Norvegiya Finlyandiya respublikasining yuz yilligi munosabati bilan Xalti tog‘ining cho‘qqisini hadya qilishdan bosh tortdi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.

Bu g‘oyani izohlagan Norvegiya bosh vaziri Erna Sulberg xonimning aytishicha, hadya ortidan ko‘plab muammolar kelib chiqadi. 

«Mamlakatlar o‘rtasidagi chegaralarni har qanday o‘zgartirish murakkab huquqiy muammolar, jumladan mamlakatimiz Konstitutsiyasiga bog‘liq masalalarni paydo qiladi», — degan Sulberg. 1814 yilda qabul qilingan Asosiy qonunga ko‘ra, Norvegiya hududi bo‘linmasdir. «Biz Finlyandiya yubileyiga boshqa munosibroq hadya topishga urinamiz», — deya va'da bergan bosh vazir. 

Biroq, tashviqot kampaniyasi tashkilotchisi, norvegiyalik Born Xarson o‘z g‘oyasi uchun kurashishni davom ettirishini ta'kidlamoqda. Uning aytishicha, mamlakatning Napoleon davrida qabul qilingan Konstitutsiyasi vaqt nuqtai nazaridan eskirgan. 

Xalti tog‘i cho‘qqisini Finlyandiyaga tortiq qilish fikrini Norvegiyaning Koford kommunasi ilgari surgan edi. Buning uchun chegara chizig‘ini 40 metrga surish talab etiladi. 
 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid