Jahon | 17:07 / 15.10.2016
6134
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Buyuk Britaniya Germaniyadan zirhli texnikalar xarid qiladi

Foto: upi.com

Buyuk Britaniya zirhli texnikalari parkini 3 mlrd funt sterling (3,66 mlrd AQSh dollari) evaziga yangi texnikalar bilan boyitmoqchi, deb yozmoqda The Times nashri. Ma'lumotlarga ko‘ra, Britaniya yangi jangovar transport vositalarini Germaniyadan xarid qiladi.

Gazetaning yozishicha, Britaniya harbiy mulozimlari taxmin qilganlaridek, Brexit jarayoni tufayli funt sterlingning qadrsizlanishi yangi qurol-yarog‘lar ishlab chiqish loyihalarini ortga surish yoki bekor qilishga olib keladi. Nashr manbalarining aytishicha, Britaniya mudofaa vazirligi jami 800 dona piyoda jangovar mashinasi (PJM - BMP) xarid qilmoqchi.

Qayd etilishicha, ushbu rejani amalga oshirishda tender o‘tkazish bekor qilingan. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid