Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston FVV havo sovib ketishi va qor yog‘ishi mumkinligidan ogohlantirmoqda
Foto: Kun.uz
O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi 15 oktabrda O‘zbekistondagi barcha mobil aloqa abonentlariga 17-18 oktabrda havo keskin sovib ketishi va qor yog‘ishi mumkinligi haqida xabar jo‘natdi.
Vazirlik ma'lumotlariga ko‘ra, dushanba va seshanba kunlari yog‘ingarchilik kuzatiladi, ba'zi joylarda esa kuchli yomg‘irlar kutilmoqda. Bundan tashqari, yomg‘ir qorga aylanishi, shamol esa 15-20 metr/soniya tezlik bilan esishi mumkin.
O‘zgidromet prognoziga ko‘ra, 17-18 oktabrda kunduzi havo harorati O‘zbekistonning aksariyat hududida 13...18 gradusgacha, kechasi esa 5...10 gradusgacha pasayadi.
19-20 oktabrda kunduzi havo harorati 7...12 gradus, kechasi esa 0...5 gradus iliq, ba'zi joylarda esa -1...-2 gradus sovuq bo‘lishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
22:38 / 31.01.2026
Qashqadaryoda qalin qor sababli 600 kishi tashqi dunyodan uzildi
11:35 / 29.01.2026
Qamchiq dovonida bir nechta avtomobil xandaqqa tushib ketdi
09:31 / 27.01.2026
Tog‘larda qor ko‘p: yana qorbo‘ronlari kuzatiladimi?
09:18 / 23.01.2026