Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yamanda ikki amerikalik ozod qilindi
Foto: newsera.ru
Yamanlik husiychilar avvalroq asirda ushlab turilgan ikki amerikalikni ozod qildilar. Bu haqda AQSh davlat departamenti vakili Mark Toner ma'lum qildi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.
"AQSh hukumati avvalroq Yamanda ushlab turilgan ikki amerikalik fuqaro ozod qilinib, Ummonga yetib kelganini qutlaydi", deb aytildi Toner bergan bayonotda. Toner ozod qilinganlar bilan endi AQShning Ummon poytaxti Masqatdagi elchixonasi shug‘ullanishini qo‘shimcha qildi.
AQSh hukumati Ummon rahbariyatiga ko‘rsatilgan ko‘mak uchun minnatdorchilik bildirdi va husiychilarning "insonparvar amalini" ijobiy baholadi. Toner Yaman hududida ushlab turilgan qolgan amerikaliklarni ham ozod qilishga chaqirdi.
Ozod qilingan amerikaliklar asirga tushib qolishlari tafsilotlari, ularning ismlari oshkor qilinmagan.
Mavzuga oid
17:56 / 06.01.2026
Husiylar, Saudiya va BAA uchburchagi: Yamanda nimalar bo‘lyapti?
18:01 / 30.12.2025
Saudiya Yamanga zarba berdi. Nishon – ayirmachi guruhlarni qo‘llash uchun BAAdan yuborilgan qurollar bo‘lgan
14:03 / 25.12.2025
Masqatda hujjatsiz qolgan bola O‘zbekistonga qaytarildi
09:33 / 04.11.2025