Jahon | 09:12 / 17.10.2016
4663
1 daqiqa o‘qiladi

Chernogoriya bir necha oydan so‘ng NATO a'zosi bo‘ladi

Foto: AP

Chernogoriya bosh vaziri hamda hukmron Sotsialistlar demokratik partiyasi rahbari Milo Jukanovichning bayonot berishicha, mamlakat bir necha oyda NATO a'zoligiga oid masalani hal etadi. 

Chernogoriya hukmron partiyasi yakshanba, 16 oktabr kuni bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida 81 deputatlik o‘rnidan 36tasini egallashga muvaffaq bo‘ldi. Uni ta'qib qilgan Demokratik front muxolif partiyasi yangi parlamentda 18ta deputatlik o‘rnini egallaydi. Muxolifatning to‘rt partiyasi birlashib parlamentda ko‘pchilikni (41 o‘rin) tashkil etib, bosh vazirni hukumatdan chetlatishni rejalashtirmoqda. 

Bosh vazir, yangi hukumatning navbatdagi qadami mamlakatning YeIga a'zo bo‘lishiga doir muzokaralarni faollashtirib, uni yakunlash ekanini ta'kidlagan. 

Chernogoriyaning NATO tarkibiga kirishshiga mamlakatdagi muxolifat partiyalari qarshilik ko‘rsatmoqda. Ular bu masalani parlamentda emas, umummilliy referendum orqali hal etishni talab qilishmoqda. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid