Jahon | 20:26 / 17.10.2016
4266
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniyadagi BASF kimyo kompaniyasida portlash yuz berdi

Kadr: Ulli Z. / YouTube

Germaniyadagi BASF kimyoviy kompaniyasining zavodlaridan birida portlash bo‘ldi. Bu haqda 17 oktabr kuni Reuters xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, portlashga sabab yoqilg‘ining oqqani bo‘lishi mumkin. Ayrim manbalarning xabar berishicha, fojia oqibatida bir necha kishi jabrlangan va yana bir qancha odam bedarak yo‘qolgan. Zavod kompaniya xomashyo, jumladan, siqilgan gaz va  yonuvchan suyuqliklar tashish uchun foydalanadigan Landeshafen Nord portida joylashgan.
2014 yilning oktabr oyida BASF va «Gazprom» quvurlarida ham portlash sodir bo‘lgan edi. Buning oqibatida bir kishi halok bo‘lib, 30 kishi jarohatlangandi. Portlash yoqilg‘i oqishi natijasida yuzaga kelgan avariya sabab bo‘lgan, deb xabar berilgan.

 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid