Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putinga BRIKS sammitida kuchni anglatuvchi rangdagi hind milliy libosi tegdi
Foto: Twitter.com/BRICS 2016
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Goada bo‘lib o‘tgan BRIKS davlatlari yetakchilari sammitida "family photo" – "oilaviy surat"ga tushish vaqtida egnidagi hind milliy kiyimining rangini o‘zi tanlamaganini ma'lum qildi. Bu haqda "Interfaks" axborot agentligi xabar bermoqda.
Putin bu suratda Hindistonda kuch va yovuzlikka qarshi kurash, jasurlikni ifodalovchi ko‘k rangdagi hind milliy libosi – bandida bo‘lgan.
"Men buni bilmaganimdan uyatdaman. Gap shundaki, biz bu kiyimlarni tanlamaganmiz, bizga uni olib chiqib berishdi. Menga nima berishgan bo‘lsa, o‘shani kiyib ketaverdim", deb aytdi Putin BRIKS yakunlariga bag‘ishlangan matbuot-anjumanida kiyimning rangini uning o‘zi tanlagani-tanlamagani haqidagi savolga.
Sammit o‘tkazayotgan mezbon davlat milliy libosida suratga tushish norasmiy udumi 1993 yilda Sietlda o‘tgan Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi forumida an'anaga kiritilgan. Biroq 2009 yildagi Singapurdagi sammitda bu an'anaga hech qanday rasmiy tushuntirishsiz birinchi marta amal qilinmagan, uning ishtirokchilari ishchi kostyumlarda suratga tushishgan. Bu an'ana 2013 yilda Balidagi sammitda yana qayta kiritilgan va hozirgacha davom etib kelmoqda.
Endi bu an'anani BRIKS doirasida qo‘llashga qaror qilingan ko‘rinadi.
Mavzuga oid
22:33 / 09.01.2026
Tramp Putinga sabr-toqati tugayotgani haqida signallar yubormoqda – OAV
09:26 / 05.01.2026
Tramp RFning Putin qarorgohiga zarba berilgani haqidagi bayonotiga ishonmayapti
22:02 / 01.01.2026
RF Mudofaa vazirligi «Putin qarorgohiga hujum» bo‘yicha dalillarga egaligini da’vo qildi
14:05 / 31.12.2025