Iroq kurdlari Mo‘sulga yurishni to‘xtatdi
Iroq hukumati bilan birgalikda Mo‘sulni ozod etish amaliyotlariga kirishgan Iroq kurdlarining harbiy bo‘linmalari o‘z harakatini to‘xtatgan. Bu haqda kurd polkovnigi Katar Sheykxanga asoslanib "Interfaks" agentligi xabar berdi.
U "kurdlar o‘zlari egallagan pozitsiyani mustahkam tutib turishi" haqida ma'lum qilgan.
Bundan oldinroq, Iroq Kurdistoni prezidenti Ma'sud Barzoniy kurd bo‘linmalari Mo‘sulga yurish chog‘ida 20 kv km hudud IShIDdan ozod qilingani haqida aytgandi.
"Birinchi kungi yurish davomida 200 kv km hududdagi 9ta qishloq nazorat ostiga olindi", - deya qayd etilgan uning bayonotida.
Bundan tashqari, Barzoniy kurdistonlik jangchilar "Arbil va Mo‘sul oralig‘idagi yo‘lni nazorat ostiga olgani" haqida aytgan.
"Mo‘sulga janubdan va sharqdan boshlangan yurish Iroq xavfsizlik kuchlari bilan muvofiqlashtirilgan tarzda olib borildi: Biz Naynavani IShIDdan birga tozalashga kelishganmiz", deya qo‘shimcha qilgan u.
Iroqning ikkinchi yirik shahri hisoblanmish Mo‘sulni IShIDdan ozod qilish uchun hal qiluvchi harbiy harakatlar 17 oktabrga o‘tar kechasi boshlandi. Quruqlikdagi amaliyotlarda Iroq hukumatining 30 minglik qo‘shini va kurd jangchilari qatnashmoqda. Shuningdek, harbiy yurishni AQSh boshchiligidagi koalitsiya hamda Turkiya samolyotlari qo‘llab-quvvatlab bormoqda.
Mavzuga oid
00:35 / 10.01.2018
Mo‘sulda qo‘lga olingan IShID jallodi pora evaziga qo‘yib yuborildi – OAV
00:43 / 21.12.2017
Mo‘sulni ozod qilish vaqtida halok bo‘lgan tinch aholining haqiqiy soni ma'lum qilindi
11:11 / 04.09.2017
OAV: IShIDning 1300 ga yaqin xorijlik jangarisi Iroq armiyasiga taslim bo‘ldi
15:30 / 27.08.2017