Jahon | 16:22 / 18.10.2016
3423
1 daqiqa o‘qiladi

Nigeriyada qator hujumlar oqibatida 40 nafarga yaqin kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada, taxminlarga ko‘ra, chorvador-ko‘chmanchilarning dam olish kunlarida amalga oshirgan hujumlari oqibatida kamida 40 nafar inson halok bo‘ldi. Bu haqda “Assoshieyted Press” agentligi xabar bermoqda.

Agentlik taqdim etgan ma'lumotga ko‘ra, hujumlar shanba va yakshanba kunlari Kaduna shtatida amalga oshirilgan.

Nigeriyadagi chorvador-ko‘chmanchilar va o‘tror xalq o‘rtasidagi adovat hamon davom etmoqda. Chorvalar uchun suv va yemish izlash sabab, mahalliy aholiga qarashli bo‘lgan yerlar ustidan doim urush chiqib kelgan. Aynan mana shunday ziddiyatlar sabab so‘nggi bir necha yil ichida minglab odamlar halok bo‘lishgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid