Jamiyat | 09:54 / 19.10.2016
9720
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda bir erkak cherkovga 30 mingta avtomobilni hadya qildi

Foto: KARE 11 News

AQShning Minnesota shtatida yashovchi Dennis Erikson mahalliy cherkovga 30 mingta o‘yinchoq va haqiqiy avtomobillardan iborat kolleksiyasini hadya qildi, deb xabar bermoqda Motor1.com.
 
Haqiqiy avtomobillar orasida 1959 Edsel Villager, 1966 AMC Rambler, 1977 Pontiac Bonneville va boshqa raritet mashinalar bor.

Cherkov vakillari o‘yinchoq mashinalar kolleksiyasi Erikson kvartirasining butun hududini egallab, birorta bo‘sh joy qoldirmaganini aytishgan. Kolleksiya yuz minglab dollarga baholanmoqda.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid