Jahon | 19:08 / 19.10.2016
7423
2 daqiqa o‘qiladi

Britaniyalik stomatologlar qochqinlarni ko‘rib qo‘yishni istamadi

Britaniyalik stomatologlar hujjatga ega bo‘lmagan balog‘atga yetmagan muhojirlarning haqiqiy yoshini ularning tishiga qarab aniqlash g‘oyasini axloqqa to‘g‘ri kelmaydigan deb atadilar. Bu haqda 19 oktabrda The Journal xabar berdi. 

Buyuk Britaniya stomatologlar uyushmasida muhojirlarni ularni xabardor qilmay, rentgen suratlarga tushishga majbur qilish ahloqsiz va yo‘l qo‘yib bo‘lmas deb aytildi. Bundan tashqari, shifokorlar ushbu usul 100 foiz ishonchli natija bermasligini ta'kidlamoqdalar.

Uyushmada shu tariqa uelslik deputat Devid Devisning bayonotiga javob berildi. Devisning aytishicha, ko‘pchilik muhojirlar o‘zlari aytgan yoshlaridan aslida kattaroq ko‘rinadilar. "Ularda ko‘zlar atrofida ajinlar bor, ba'zilari mendan kattaroq ko‘rinadi", deb aytdi siyosatchi. U shuningdek ko‘plab holatlarda tekshiruvlarda aldov o‘z tasdig‘ini topganini ma'lum qildi. Devisning fikricha, stomatologik testlar bu vaziyatda yordam bergan bo‘lardi.

Oktyabr boshida Britaniya hukumati Fransiyaning Kale shahri atrofida yashovchi ota-onasiz bolalarni qabul qilish majburiyatini zimmasiga olgan. 14 kishidan iborat birinchi guruh Buyuk Britaniyaga 18 oktabrda yetib keldi. OAVda paydo bo‘lgan fotosuratlarda ularning ko‘pchiligi yaqqol balog‘at yoshidan o‘tib ketganini ko‘rish mumkin bo‘lgan.  Daily Mail nashrining ma'lum qilishicha, guruhda yuzlarni tanish kompyuter dasturi tomonidan 38 yoshli deb topilgan erkak ham bo‘lgan. 

Yonida hujjati bo‘lmagan qochqinlarning yoshi ularning o‘zlari aytgandek qilib yoziladi. Ko‘plab qochqinlar asl yoshlaridan kichikroq yoshni aytishadi, chunki balog‘atga yetmaganlar uchun boshpana va keyinchalik fuqarolik olish soddalashtirilgan qoidalar bo‘yicha rasmiylashtiriladi.

 

Mavzuga oid