Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoylik besh karra Olimpiada chempioni 23 yoshida faoliyatini yakunladi
Besh karra olimpiada chempioni, xitoylik Chen Jolin o‘zining professional faoliyatini yakunlaganini ma'lum qildi. 23 yashar sportchi sog‘lig‘idagi muammolar sabab mana shu qarorga kelgan. Bu haqda “Sport-Ekspress” xabar bermoqda.
"Sportchiga nisbatan bo‘ynining qayrilgani borasida tashxis qo‘yilgan. Agar Jolin shu ahvolda davom etsa, unda uning sog‘lig‘ida muammo paydo bo‘ladi", deydi suvga sakrash bo‘yicha Xitoy termasi murabbiyi Chjou Chjixong.
Jolin 10 metr balandlikdan suvga sakrash yo‘nalishida bahslarda qatnashgan. U Pekin va Londonda o‘tgan Olimpiada o‘yinlarida 4ta oltin medalni qo‘lga kiritgan. 2016 yilgi o‘yinlarda esa xitoylik sportchi 10 metrdan sinxron usulda sakrash bahsida oltin medal sohibi bo‘lgandi.
Mavzuga oid
10:53 / 28.02.2025
O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari kengaydi
12:08 / 22.09.2022
Ayrim faoliyat turlari bo‘yicha litsenziyalar 5 yil muddatga beriladi
21:50 / 01.08.2017
Yoshlarga muvaffaqiyatli kishilardan noodatiy maslahatlar
22:17 / 22.10.2016