“Xizmatlar sohasi barqaror rivojlanişi uçun qulay şart-şaroitlar yaratişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Yengil avtotransport vositalarida yölovçilarni şahar, şahar atrofi va şaharlararo taşiş faoliyati özini özi band qilgan şaxslar şuğullanişi mumkin bölgan faoliyat (işlar, xizmatlar) turlari röyxatiga kiritiladi hamda ular uşbu faoliyat bilan litsenziya varaqasi asosida şuğullanişi belgilanadi.

2025 yil 1 apreldan soliq organlari xodimlari tomonidan ularga biriktirilgan korxonalarda yoki mahallalardagi tadbirkorlik sub’yektlarida belgilangan soliqqa oid huquqbuzarliklar aniqlanganda quyidagi tartib joriy etiladi:

🔹birinçi marta ogohlantiriş;
🔹ogohlantirişdan söng 3 kun muddatda soliqqa oid huquqbuzarlik bartaraf etilmagani yoki takroran aniqlangani sayyor soliq tekşiruvini ötkazişga asos bölişi;
🔹sayyor soliq tekşiruvini 24 soat içida “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida röyxatga oliş orqali Biznes-ombudsmanni xabardor etiş tartibida amalga oşirişga ruxsat etiş;
🔹sayyor soliq tekşiruvi natijalari böyiça rasmiylaştirilgan dalolatnoma sayyor soliq tekşiruvi böyiça qaror qabul qiliş uçun asos bölib hisoblanişi.