“Davlat xizmatlari yangiliklari” kanali xabariga köra, quyidagilarni amalga oşiriş uçun litsenziyalar bundan mustasno:

  • tibbiy faoliyat;
  • farmatsevtika faoliyati;
  • mineral öğitlar, ösimliklarni himoya qiliş uçun foydalaniladigan kimyoviy vositalar ulgurji va çakana savdosi böyiça faoliyat;
  • giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar muomalada bölişi bilan boğliq faoliyat;
  • tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik vositasi miqdori 0,2 foizgaça bölgan kannabis ösimligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni işlab çiqariş yoki tayyorlaş bilan boğliq bölmagan sanoat maqsadlarida yetiştiriş, olib kiriş (olib çiqiş), qayta işlaş, saqlaş, realizatsiya qiliş (beriş), oliş va taşiş faoliyati;
  • köçma radiotelefon (uyali) aloqadan va teleradioeşittirişlarni tarqatiş tarmoqlaridan foydalaniş hamda ular xizmatlarini körsatiş bilan boğliq faoliyat;
  • neftni, gazni (şu jumladan siqilgan tabiiy va suyultirilgan uglevodorod gazini) hamda gaz kondensatini qazib oliş, qayta işlaş va realizatsiya qiliş sohasidagi faoliyat;
  • affinaj faoliyati.

Uşbu faoliyat turlarini amalga oşiriş uçun litsenziyalar amal qiliş muddatlari faoliyat ayrim turlarini litsenziyalaş töğrisidagi nizomlarda va ularning pasportlarida belgilanadi, bu muddatlar 5 yildan kam bölmasligi kerak.

Lisenziya amal qiliş muddati tugagaç, u lisenziat arizasiga köra uzaytirilişi mumkin.