Jamiyat | 00:10 / 20.10.2016
26967
1 daqiqa o‘qiladi

Buyuk Britaniyada antiqa o‘g‘rilik sodir etildi

Foto: northants.police.uk

Buyuk Britaniyaning Nortgempton shahri politsiyasi mahalliy do‘konlardan biridan 2 metrlik jalyuzini o‘g‘irlab ketmoqchi bo‘lgan kimsani qidirmoqda. Voqea 16 oktabrda yuz bergan.  

"Erkak do‘konga kirib, kiyimi ostiga jalyuzini yashirib chiqib ketgan", deb ma'lum qilindi mahalliy politsiyada.  

Biroq o‘g‘rining ketidan do‘kon egalari quvlay boshlashganda u jalyuzini uloqtirib qochib ketgan.

"Oqibatda jalyuziga shikast yetgan", deyildi xabarda.

Politsiya o‘g‘rining suratini chop etib, u haqida istalgan ma'lumot berishni iltimos qilgan.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid