Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Futbol bo‘yicha jahon chempionatiga 11 ta shaharda hushyorxonalar ochiladi
2018 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionatini qabul qiluvchi Rossiyaning 11 ta shaharida hushyorxonalar ochiladi. Bu haqda RT telekanaliga Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligining bosh shtatdan tashqari narkologi Yevgeniy Bryun gapirib berdi.
Uning aytishicha, har bir viloyat hushyorxonalarni ichki ishlar vazirligi yoki sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiy muassasalari tarkibiga kiritish masalasini o‘zi mustaqil hal qiladi.
Bu g‘oya fanatlar tomonidan ham ma'qullandi. "Ko‘plab muxlislar boshqa davlat yoki shaharga uchrashuvga kelib, stadionda biror marta ko‘rinish bermay, darhol barga yo‘l olishlari mumkin", deb aytmoqda Russia Unities muxlislar klubi rahbari Eduard Latipov.
Eslatib o‘tamiz, navbatdagi jahon chempionati Rossiyaning 11 shaharida: Moskva, Kaliningrad, Sankt-Peterburg, Volgograd, Qozon, Nijniy Novgorod, Samara, Saransk, Rostov-Don, Sochi va Yekaterinburgda bo‘lib o‘tadi.
2015 yil mart oyida Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri Veronika Skvortsova kuchli mast holatida bo‘lganlarga narkologik muassasalarni qayta ochishni taklif qilgandi. "Hushyorxonalar – odamga xavfsiz holatda bo‘lish, ko‘chada muzlab qolmaslik, qandaydir qiyin vaziyatga tushib qolmaslik imkoniyatini beradigan maxsus tizim zarur", deb aytgandi Skvortsova. O‘shanda uning taklifini 80 foizga yaqin rossiyaliklar qo‘llab-quvvatlagan.
2011 yilda Rossiya ichki ishlar vazirligi isloh qilinganda tibbiy hushyorxonalar faoliyati tugatilgan, ularning vazifalari esa qisman sog‘liqni saqlash muassasalariga topshirilgan edi.
Manba: tribuna.uz
Mavzuga oid
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
18:11 / 12.06.2026
Uzbekistan Airways yonilg‘i tanqisligi tufayli O‘zbekistondan Rossiyaga ayrim parvozlarni qisqartiradi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
09:35 / 12.06.2026